“Malibu" xatlangach, 218 million soʻmlik kredit qarzdorligi toʻlandi
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 2021-yil 21-maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Oʻ.D. dan undiruvchi HATB «Orient finans bank» foydasiga 218 million soʻm kredit qarzdorligi undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan tushgan.
Mazkur ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilib, qarzdorga ixtiyoriy oʻn besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan garovga qoʻyilgan “Malibu” avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyilgandan soʻng qarzdorlik bartaraf qilindi. Shuningdek, undiruvchi HATB «Orient finans bank» tomonidan taqdim qilingan maʼlumotnomaga asosan ijro ishi amaldagi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandi bilan ish yurituvdan tamomlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring