Maktabgacha va maktab taʼlimi pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda zamonaviy yondashuv

Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi tomonidan 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari yangi mazmun va shakllarda yoʻlga qoʻyildi.
Viloyatdagi 1272 ta umumtaʼlim maktablarida 11 ta fan yoʻnalishi boʻyicha “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil qilish va uni samarali oʻtkazish uchun 175 ta tayanch maktablarida Pedagogik mahorat markazining 19 nafar professor-oʻqituvchi va metodistlardan tashkil topgan master-trenerlar 11 ta fan yoʻnalishida 440 nafar mentorlarni, mentorlar esa 13992 nafar yetakchi oʻqituvchilarni, yetakchi oʻqituvchilar umumtaʼlim maktablarining 61536 nafar fan oʻqituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va tajriba almashish, muammoli vaziyatlarni hal etish va hamkorlikda yechim topish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtilishi rejalashtirildi.
- Jarayonning samaradorligini taʼminlash maqsadida Abdullo Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida joriy yilning 9-11-sentyabr kunlari 19 nafar master-trener 3 kunlik maxsus oʻquv kurslarida ishtirok etishdi, - deydi Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi rahbari Anvar Sobirov. - Ular xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar, taʼlimda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash usullari bilan tanishib qaytdilar. Endilikda ushbu master-trenerlar hududlarda faoliyat olib boruvchi mentor-oʻqituvchilarga bevosita metodik koʻmak koʻrsatmoqda. Bugungi kunda Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazida 440 nafar saralangan mentor-ustoz uchun klaster usulida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishi uzluksizligini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish va taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash maqsadida joriy yil fevral oyidan boshlab “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Buning uchun 34 ta tayanch maktabgacha taʼlim muassasasi belgilandi hamda 2 nafar master-trener va 34 nafar mentor-trenerlar tayyorlandi. Ular orqali metodik mahorat tadbirlariga 764 nafar yetkachi-tarbiyachilar va 10838 nafar tarbiyachilar qamrab olindi.
Shuningdek, uzoq va chekka hududlarda joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etilgan boʻlib, bunda “Aqlvoy” nomli auditoriya koʻrinishidagi avtobusdan samarali foydalanilmoqda.
Shu asosida joriy yilning mart oyidan buyon pedagogik mahorat markazida ishlab chiqilgan reja-jadval asosida viloyatning 4 ta tumanidagi jami 37 ta MTTlari qamrab olinib, 18 soatlik oʻquv dasturi asosida 124 nafar pedagog xodimlarning malakasi oshirildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring