May oyida “Qamchiq” dovonida 6 ta mashina xandaqqa quladi
May oyi davomida “Qamchiq” dovonida yuz bergan yoʻl-transport hodisalarining 6 tasi mashinalarning yoʻlning xandaq qismiga tushib ketishi bilan bogʻliq.
Shu kabi vaziyatlardan biri 27-may kuni “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Gentra” rusumli avtomobil haydovchisi bilan ham yuz berib, qutqaruv otryadi mashinani xandaqdan olib chiqqan. Qulash natijasida avtomobil haydovchisi yengil tan jarohati olgan.
Boshqa bir ogʻirroq holatda esa, 11-may kuni “ISUZU” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga qulab, mashina kabinasiga qisilib qolgan. Bunda qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, shuningdek, xandaqqa tushib ketgan yuk avtomobili xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Barcha vaziyatlarda, eng kamida, mashinaga turli darajada texnik zarar yetgan.
“Qamchiq” dovoni xavfli burilishlar, tik va noqulay iqlim sharoitiga ega hudud hisoblanadi. Ayrim haydovchilar esa tezlikni oshiradi hamda dovonning xavfliligini yetarlicha baholamaydi. Bunday eʼtiborsizliklar yuqoridagi kabi noxush hodisalarga yoki yanada ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, dovonda tez-tez roʻy berayotgan yoʻl-transport hodisalari shunchaki baxtsiz tasodif emas, balki ehtiyotsizlik, muvofiqlashtirilmagan harakatlar va infratuzilma muammolarining yigʻindisidir. Vaqtida choralar koʻrilmasa, haydovchilar eʼtiborsizlikda davom etaversa, bu raqamlar ortib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring