May oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb eʼlon qilindi

11:59 07 May 2020 Jamiyat
1336 0

Foto: uznature.uz

Davlat ekologiya qoʻmitasi tashabbusi bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida 2020-yilning may oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb eʼlon qilindi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot xizmati xabariga koʻra, juda koʻplab muammolar brakonyerlikning orqasidan kelib chiqmoqda, hattoki, koronavirus epidemiyasining kelib chiqishi yovvoyi hayvonlarni tartibsiz ovlash va ularni isteʼmol qilish bilan bogʻliqligi taxmin qilinmoqda.

“Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” davomida qoʻmita tizimidagi inspektorlar respublikaning barcha hududlari boʻylab, noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shugʻullanadigan qonunbuzarlarga va oʻsimlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarning ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi keskin kurash olib boradilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?