Mahalla servis kompaniyasi aholi xizmatida
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyatining Uychi tumanidagi “Pastguzar” MFYda oʻtgan yili tajriba tariqasida tashkil etilgan mahalla servis kompaniyasi servis sohasini aholiga yaqinlashtirishi bilan ahamiyatli ekanini isbotladi. Bu yerda yoʻlga qoʻyilgan 23 turdagi xizmatlarni bajarishga hududdagi qoʻlida hunari bor, lekin vaqtincha ishsiz boʻlgan 8 nafar fuqaroning bandligini taʼminladi.

— Mahallamizdagi mingdan ortiq xonadonning xizmatimizning u yoki bu turiga doim ehtiyoji bor, — deydi mahalla raisi Nodirbek Sharipov. — Endilikda ular ayni masalada oʻz uylaridan uncha uzoqda boʻlmagan kompaniya yordamidan foydalanmoqda. Malakali mutaxassislar maishiy texnikani sozlash, kommunal soha, chiqindilarni saralash va tashish, tomorqaga ishlov berish, koʻchalarni obodonlashtirish, koʻplab boshqa yumushlarni buyurtma asosida bitirib berishadi. Endi qaysidir maishiy texnikani sozlatish uchun ancha yoʻl bosib tuman markaziga borishning hojati qolmadi.

Servis kompaniyasining imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Bir muddat avval bu yerga 67,5 million soʻmlik miqdorda 12 turdagi asbob-uskunalari olib kelingan edi. Korxonaga jamlangan usta va hunarmandlar Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan 300 million soʻm mablagʻ evaziga qurib berilgan zamonaviy binoga koʻchib oʻtdi. Ayni paytda viloyatning barcha tumanlaridagi bittadan mahallada shu singari servis kompaniyalari faoliyati tajribadan oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring