Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshmoqda
Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / “Xalq so‘zi”
Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mahalla institutining maqomining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi darajasida mustahkamlanishining asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, endilikda davlatning ijtimoiy siyosati tuman yoki shahardan emas, balki mahalladan boshlanadi.
So‘nggi yetti yilda mahalla institutini takomillashtirish davlatning diqqat e’tiborida bo‘lib, bu borada o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan 100 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O‘z navbatida, senatorlar fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari faoliyati kafolatlarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelganligini ham qayd etib o‘tdi.
Qonun bilan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonunda fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirish, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarini 5 yil muddatga saylash, shuningdek fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlariga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi fuqarolar yig‘inlari raislari faoliyatini hamda fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar ishini samarali tashkil etishga xizmat qilishi alohida aytib o‘tildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring