Kuz-qish tadorigi
Baliqchi tumanida kuz-qish mavsumiga hozirlik koʻrish maqsadida irrigatsiya va melioratsiya yoʻnalishida amaliy ishlar tashkil etildi. Ikki yuz nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan tadbirda 3 kilometrdan ziyod ariq va kanallar tozalanib, betonlash ishlari bajarildi.
— Mavsumga tayyorgarlik jarayonida 4 ta gidrotexnika inshooti, 3 ta gidropost taʼmirlanib, soz holatga keltirildi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarjon Karimov. — “Baliqchi-1” nasos stansiyasi, Joʻrayev Durbek nomli fermer xoʻjaligidagi sugʻorish qudugʻi hamda “Sortepa rivoji” fermer xoʻjaligi nasos agregatlari taʼmirlanib, mavjud muammolar bartaraf etildi.

Bunday ishlar suv resurslaridan unumli foydalanish, sugʻorish tizimini yaxshilash hamda kelgusida dehqonchilik samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring