Kuz faslida qanday taomlanish foydali?

12:00 03 Yanvar 2024 Jamiyat
441 0

Foto: Illustrativ foto

Kuzning ikkinchi oyi boshlandi. Buyogʻiga havo harorati yanayam salqinlashadi. Yomgʻirli kunlar hisobiga quyosh nuridan kamroq bahramand boʻlishimiz tabiiy. Oqibatda immunitet tizimi zaiflashib, mavsumiy kasalliklar avj olishi kuzatiladi.

Xoʻsh shunday sharoitda salomatligimizni mustahkamlash uchun qanday taomlanish maqsadga muvofiq?

Xorijlik tajribali diyetolog Yevgeniya Belyuga bu borada oʻz tavsiyalarini eʼlon qildi. Uning fikricha, mazkur davrda mikroelementlarga boy mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qilish foydali.

Masalan, pomidor va bodringni C, A vitamini, foliy kislotasi hamda kaliyga boy qovoq bilan almashtirib tanavul qilish mumkin. Yoki B vitamini, askorbin kislotasi, A va E darmondorilari, temir, magniy va sinkni oʻz ichiga olgan qovoqcha (kabachka) past kaloriyaliligi bilan afzal sanaladi.

Taomnomani mavsumiy mahsulotlar bilan uygʻunlashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, pyure-shoʻrvalar kuz uchun maqbul taom. Sabzavotli shoʻrva vitaminlarga boy. Yogʻsizroq tovuq shoʻrvasi ham ortiqcha vazndan xalos boʻlishni istaganlar uchun mos.

“Ichimliklar orasida choy va qahvadek foydali muqobil mahsulot yoʻq. Xususan, choy sovuq havoda immunitet tizimini qoʻllab-quvvatlaydigan darmondorilar, polifenollar, antioksidantlarni oʻz ichiga oladi. Limon, atirgul qoʻshib tayyorlangan damlama tarkibidagi S vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo shakar isteʼmolini kamaytirish yaxshiroq”, — deydi mutaxassis.

Chindan ham, shakar — yuqori kaloriyali mahsulot. Uni ortiqcha isteʼmol qilish semirishga olib keladi. Bu esa metabolizm sekinlashishi, hujayralarning insulinga sezuvchanligi pasayishi va pirovardida 2-toifa diabet kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Shakarni koʻp miqdorda isteʼmol qilish immun tizimi faoliyatini izdan chiqadi. Oqibatda organizm mavsumiy kasalliklar paytida viruslarga qarshi kurashishda zaiflashib qolishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер