Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

14:21 13 Fevral 2024 Jamiyat
189 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. 200 dona, fuqaro A.A. 40 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini jami 9,6 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, I.S.ning “MATIZ” rusumli avtotransport vositasidan jami 112 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda oq rangli kukunsimon “Mefedron” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan Sh.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro B.S.ga 90 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatda olingan.

Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “O.l.” MCHJ va dorixonasi sotuvchisi R.J. fuqaro F.X.ga 10 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotib, unga ushbu dori vositasidan yana 40 donasini olib kelib berishi evaziga 300 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro X.X. fuqaro S. B.ga 25 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер