Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyiladi

16:56 20 Noyabr 2023 Jamiyat
301 0

Indoneziyaning “Batik Air” aviakompaniyasining birinchi parvozi 2023-yil 15-dekabrga rejalashtirilmoqda. Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yoʻnalishlar tarmogʻini rivojlantirish va parvozlar sonini koʻpaytirish niyatini bildirdi. Oʻz navbatida, boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qoʻllab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini maʼlum qildi.

“Batik Air” — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi boʻlib, Indoneziya ichida muntazam yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi hamda “Lion Air” (loukoster) arzon aviakompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?