“Krokus Siti Xoll”dagi terakt: qurbonlarning deyarli yarmi yongʻinda halok boʻlgan
Foto: Arxiv surat
Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” majmuasida sodir etilgan terakt paytida halok boʻlgan 149 nafar kishidan kamida 70 nafari yongʻin oqibatida vafot etgan. Bu haqda TASS agentligi ish materiallariga tayanib xabar berdi.
Qolgan qurbonlar oʻq jarohatlari yoki boshqa hozircha nomaʼlum sabablar tufayli hayotdan koʻz yumgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, hujum paytida binoda boʻlgan 1971 nafar kishi halok boʻlish xavfi ostida boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, terakt ijrochilari oʻsha paytda odamlarni oʻldirish jarayonlarini telefonlariga videoga olib, darhol tashkilotchilarga yuborishgan. Hujjatlarga koʻra, tomoshabinlar zaldan chiqib ketishga uringan paytda, terrorchilar binoga oʻt qoʻyishgan va bu jarayon ham tasvirga olingan.
Terakt ishtirokchilaridan biri sifatida ayblanayotgan Shahromjon Gadoyev oldin Rossiyada oʻgʻirlik qilgani uchun sudlangan. 2022-yil sentyabrda Yekaterinburg tuman sudi unga 100 ming rubl jarima tayinlagan.
Tergov versiyasiga koʻra, Gadoyev Umidjon Soliyev va Zubaydullo Ismoilov bilan birgalikda terakt ijrochilari uchun Dogʻistondan Moskvaga oʻqotar qurol yetkazgan.
“Krokus Siti Xoll” teraktiga oid jinoyat ishi 2-Gʻarbiy okrug harbiy sudida koʻrib chiqilmoqda. Sud majlisida jami 19 nafar shaxs qatnashmoqda. Ulardan 13 nafari terrorizmda, 6 nafari esa terrorizmga koʻmaklashishda ayblanmoqda.
Sudlanuvchilar orasida toʻrt nafar toʻgʻridan-toʻgʻri ijrochi va 15 nafar ularga yordam bergan shaxslar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring