Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida tarixiy bitim imzolandi
24-oktyabr kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Hujjat 1996-yilgi Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga asoslangan Oʻzbekiston – Yevropa hamkorligining huquqiy bazasini yangilaydi hamda sezilarli darajada kengaytiradi.
Yangi bitim loyihasi boʻyicha muzokaralar 2019-yil fevral oyida boshlanib, 2022-yil iyul oyida yakunlangan. Hujjat 2022-yil 6-iyul kuni Bryussel shahrida parafirlangan edi.
Bitim 9 ta boʻlim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat. U ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi hamda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyalar, barqaror rivojlanish, fan va taʼlim, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishiga alohida eʼtibor qaratgan holda barcha oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun keng qamrovli huquqiy asosni shakllantiradi.
Bitimning imzolanishi Oʻzbekiston va YI munosabatlarida yangi bosqichni boshlab beradi hamda koʻp qirrali sheriklikni misli koʻrilmagan yuksak darajaga olib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring