Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi
“Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–270-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026-yil 1-iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi, jumladan:
- Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari oʻrtasida tezkor maʼlumot almashish;
- Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.
- Shuningdek, agentlikka davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.
Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida taʼqib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
Bundan tashqari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan shaxslarni ragʻbatlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring