Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 4 nafarga yetdi

arxiv foto
Koronavirusga chalingan bemor oʻtkir nafas hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligi natijasida vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida boʻlib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25-mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor (ayol) shu yili 31-mart kuni sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf oʻta yuqori boʻlganligi sababli kasallik ogʻir kechib, u 12 kun davomida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan.
Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, yetakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.
Ammo joriy yil 11-aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan shoshilinch reanimatsion muolajalar koʻrsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik oʻlim qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring