Koreyada Samarqand turizm salohiyatini targʻib etuvchi turizm burchaklari tashkil etildi
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyati Turizm va madaniy bosh boshqarmasi delegatsiyasi Seul shahrida Samarqandning turizm salohiyatini keng targʻib qilish orqali viloyatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida “Star Samarkand” brendi ostida faoliyat olib boruvchi restoranlar tarmogʻi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga muvofiq, Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan targʻibot materiallari hamkor restoranlar tarmogʻiga yetkazib berilishi, “Star Samarkand” restorani tomonidan esa maxsus burchak tashkil etish, mijozlar ovqatlanadigan stollarga joylashtirilgan elektron taomnomalarda hamda LED ekranlarda Samarqand turizmi haqidagi video materiallarni tashrif buyuruvchilarga taqdim etish orqali targʻibot kompaniyasi tashkil etish kelishib olindi.
Shu kunning oʻzida Seul shahrida joylashgan “Star Samarkand” restoranida turizm targʻiboti burchagi tashkil etilib, barcha zaruriy materiallar hamkor tomonga yetkazildi.
Kelgusida restoranlar tarmogʻi rahbariyatiga qoʻshimcha targʻibot materialllari hamda oʻzbek xalqiga xos milliy hunarmandchilik mahsulotlari va liboslarini taqdim etish orqali selfi zona tashkil etiladi.
Shuningdek, Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan “Gastro Expert” akademiyasi Koreyadagi “Star Samarkand” restoranlar tarmogʻi uchun oshpazlik, qassobchilik, ofisiantlik, konditerlik va baristalik yoʻnalishlarida malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu esa oʻz navbatida Samarqandning gastronomik turizm salohiyatini Koreyada targʻib etishga xizmat qiladi.
Maʻlumot uchun: “Star Samarkand” restoranlar tarmogʻi Koreya Respublikasida 2003-yilda tashkil etilgan boʻlib bugungi kunda mazkur korxonaning Koreya Respublikasi boʻylab 11 ta tarmogʻi faoliyat olib bormoqda. Oʻrtacha hisobda mazkur restoranlarga bir kunda 5 ming nafardan ortiq mijozlar tashrif buyuradi, mazkur mijozlarning 85%ini Koreya fuqarolari, qolgan 15 % ini esa Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring