Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Koreya madaniyati va sanʼati uyiga tashrif buyurdi
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sokning kecha Toshkent shahridagi Koreya madaniyati va sanʼati uyiga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, bu yerda Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Koreya madaniyati va sanʼati uyi 2019-yil aprel oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning mamlakatimizga tashrifi vaqtida ochilgan edi.
Koreya madaniyati va sanʼati uyi madaniyatlarni oʻzaro boyitish markazi, keng jamoatchilik va oʻsib borayotgan avlod uchun sevimli joy, shuningdek, Oʻzbekistondagi koreys diasporasi, bu yerda ishlayotgan koreyslar va barcha oʻzbeklar uchun umumiy uyga aylandi.
Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda koreys millatiga mansub 200 mingga yaqin fuqaro istiqomat qilishi, yuzlab koreyslar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani taʼkidlandi.
Oʻzbekistonda Koreys madaniyati oid oʻnlab markazlar faoliyat koʻrsatmoqda. Mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlarida koreys filologiyasi oʻrganiladi, maktab va litseylarda esa, koreys tili oʻrgatiladi. Koreys millatiga mansub fuqarolar uchun milliy madaniyati, tili, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Koreys tilida kitoblar va gazetalar nashr etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring