Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida “Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.
“Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli yot qarashlar, gʻoyalar, hissiyotlar singdirilmoqda. Taʼkidlash kerakki, tadbir tashkilotchilari tomonidan goʻyoki maʼrifiy deb hisoblanadigan koʻp sonli yigʻinlar, uchrashuvlar, oʻquv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega boʻlmagan, asosiy maqsadi yolgʻon yoʻli bilan pul ishlash boʻlgan soxta trenerlar va lektorlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda”, degan maʼruzachi OʻzLiDeP deputati Shahnoza Xolmahamatova.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday tadbirlarda koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targʻib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari koʻpaymoqda.
Deputat hozirda bunday faoliyatni toʻxtatish, taqiqlash yoki tartibga solishning iloji yoʻqligini taʼkidladi. Chunki amaldagi qonunchilikda maʼruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbati tarzida oʻtkaziladigan faoliyat turlari aks ettirilmagan.
Deputatlar birinchi qoidabuzarlik uchun qanday jarima nazarda tutilganini eʼlon qilishmadi, biroq takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jismoniy shaxslar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million soʻmdan 5,1 million soʻmgacha), mansabdor shaxslar esa BHMning 15 baravaridan 20 baravargacha (5,1 mln soʻmdan 6,8 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring