Ko‘p qavatli uy qurmoqchi bo‘lgan tadbirkordan 300 ming dollar talab qilgan DUK xodimi DXX tomonidan qo‘lga olindi
Videodan kadr
“Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatasiya qilish Direksiyasi” DUK xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatasiya qilish Direksiyasi hamda tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, markaz hududidagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida, muqaddam tadbirkor tomonidan Direksiya hisobiga 22 mlrd. so‘m miqdoridagi investisiya mablag‘i o‘tkazib berilgan.
Lekin, shunga qaramasdan Direksiya xodimi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surib, ushbu masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring