Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida raqobat muhiti yaratiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Majlisda qayd etilganidek, bugungi kunda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga aniqlangan noqonuniy qurilmalarni faqat majburiy koʻrsatma berish yoki sudlar orqali bartaraf etish huquqi berilgan.
Ammo oʻzboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etishga oid sudlarga arizalar taqdim etishda oldindan davlat boji toʻlovidan ozod etilmagani bois ushbu mazmundagi materiallarni sudlarga taqdim etishda qator qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligi taʼminlanishiga, shu jumladan, koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.
Yalpi majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring