Kolleksioner Sharq miniatyura sanʼati muzeyi fondiga jami 412 dona eksponat sovgʻa qildi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi samarali faoliyat yuritmoqda. Bu yerda miniatyura sanʼatiga oid asarlar, nodir qoʻlyozma va toshbosmalar, tarixiy hujjatlar, amaliy sanʼat asarlari va boshqa eksponatlar saqlanadi.
Ajdodlarimiz madaniy merosi namunalarini oʻzida toʻplab, koʻz qorachigʻidek asrab kelayotgan ushbu maskan fondi soʻnggi yillarda muzey ashyolari va kolleksiyalar bilan tobora boyimoqda.
Yaqinda muzey navbatdagi yangi kolleksiyaga ega boʻldi. Kolleksioner Fahriddin Abdujabborov tomonidan muzey fondiga jami 412 dona eksponat sovgʻa qilindi.
Ahamiyatlisi, XVIII, XIX asrlar hamda XX asrning birinchi yarmiga oid tasviriy, amaliy sanʼat asarlari, qoʻlyozma va toshbosma namunalaridan iborat ushbu eksponatlar xalqimiz nafis sanʼati boy tarixidan soʻzlaydi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi va Badiiy akademiya hamkorlikda kelgusida mazkur kolleksiya koʻrgazmasini tashkil etishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring