Koʻchatni payvandlash orqali kasalliklarga qarshi “immunitet” hosil qilinmoqda
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Romitan tumanidagi “Muhammad Zohid Azim Buxoro” masʼuliyati cheklangan jamiyati issiqxonasida pomidor koʻchatlarini payvandlash usuli oʻzlashtirildi. Bu esa turli zararkunanda hasharotlar zugʻumiga qarshi turish uchun koʻchatlarda oʻziga xos “immunitet” hosil qilyapti.
— Biz shu usul orqali nihollarning tashqi taʼsirlarga bardoshli qilib oʻstiryapmiz, hosildorlikni oshirib, mahsulotni bozorga nisbatan ertaroq chiqarishga erishyapmiz, — deydi MCHJ rahbari Azim Rustamov.— Masalaning yana bir jihati borki, asosiy daromadimiz koʻchatchilikdan keladi. Buyurtmachilarga kafolatlangan pomidor koʻchatlari yetkazish orqali ular ishonchini qozonish saʼy-harakatidamiz.

“Qahramon” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi mazkur issiqxona xoʻjaligi besh gektar maydondan iborat. Shuning bir qismida pomidor va bodring yetishtirilmoqda. 2,8 gektar yer esa sabzavot va poliz mahsulotlari koʻchatchiligi uchun ajratilgan. Bu yerda parvarishlanayotgan pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, baqlajon, qovun, tarvuz, oshqovoq koʻchatlariga nafaqat ichki bozor, balki qoʻshni Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan ham xaridorlar bor. 12 nafar ishchidan iborat ahil jamoa mehnati ortidan mavsum davomida 3 milliard soʻm atrofida daromad koʻrilmoqda.
Yaqinda viloyat boshqaruv organlari, mahalla tizimi, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtgan koʻrgazmali oʻquv-amaliy seminarda “Muhammad Zohid Azim Buxoro” masʼuliyati cheklangan jamiyatida toʻplangan tajriba atroflicha oʻrganildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring