“Kim deyay seni” badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtdi
Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda rejissyor Qamara Kamalovaning “Kim deyay seni?” kinokartinasining katta premyerasi oʻtkazildi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Qamara Kamalova, postanovkachi operator Oskar Baxtiyev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar boʻyicha rassom Irina Litvinenko.
Kinokartinada keksalik chogʻida yolgʻiz qolgan teatr aktrisasi va uning uyiga tasodifan kelib qolgan oʻsmir qizning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Premyeraga mutaxassislar, ijodkorlar, OAV vakillari, yoshlar va kinomuxlislar tashrif buyurishdi.
Oldinda, Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori”, Yolqin Toʻychiyevning “Evrilish”, Rustam Saʼdiyevning “Baron 2” kinokartinalarining premyeralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring