Kibersport boʻyicha birinchi Olimpiya oʻyinlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Ilk Olimpiya kibersport oʻyinlari 2027-yilda Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda oʻtkaziladi. Bu toʻgʻrisida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rasmiy saytida xabar berildi.
XOQ oʻtgan yilning iyul oyida Olimpiya kibersport oʻyinlarini tashkil etish haqida qaror qilgandi. Uni tuzishda Saudiya Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilinadi. “Esports World Cup Foundation” ham taʼsischi hamkor sifatida ishtirok etadi.
“Saudiya Arabistoni butun dunyodan mehmonlarni kutib olishni va koʻplab kibersportchilarning orzusi roʻyobga chiqishini intiqlik bilan kutmoqda”, — dedi shahzoda Abdulaziz bin Turkiy al-Faysal. U mamlakatda oʻyinlar uchun barcha imkoniyatlar borligini taʼkidlagan.
XOQ Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda 100 ga yaqin turnir oʻtkazgan, ular orasida kibersport, futbol, motosport, tennis, ot sporti kabilar mavjud. Davlatda 2015-yildan beri sport bilan shugʻullanishning umumiy darajasi uch barobarga oshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring