Xususiy notariuslar instituti oʻzini oqlayaptimi?

15:13 24 Noyabr 2021 Jamiyat
709 0

Bugun, 24-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston milliy matbuot markazi binosida “Notariuslar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzuida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etib, soʻngi yillarda notariat sohasidagi muhim ishlar xususida maʼlumot berishdi.

Taʼkidlanishicha, Prezidentimizning 9-sentyabrdagi Farmoniga asosan xususiy notariuslar instituti joriy etildi.

Ushbu Farmonga asosan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilgan yangi tizim quyidagi dastlabki natijalarni berdi:

— notariuslar soni 7,5 foizga oshdi, natijada 3 mingga yaqin fuqarolar ish bilan taʼminlandi;

— davlat notarial idoralarini saqlash xarajatlaridan 300 mlrd. soʻmdan ortiq davlat mablagʻlari iqtisod qilindi;

— notariuslar orasida raqobat shakllandi va notarial idoralarda navbat kutish muammosi bartaraf etildi;

— fuqaro va tashkilotlarning notariatga oid murojaatlari soni 40 foizga kamaydi;

— 14 ta idoraning 20 ta tizimlari “Notarius” elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi natijasida notarial harakatlarni amalga oshirishdagi byurokratiya va qogʻozbozliklar keskin kamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер