Xushxabar: qilichbozimiz Sherzod Mamutov Olimpiadaga yoʼllanma oldi
"Hasan PAYDO"
Poytaxtimizdagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-oʼsmirlar sport maktabida qilichbozlik boʼyicha Tokio-2020 Olimpiada oʼyinlariga litsenzion turnir start oldi. Quvonarlisi, musobaqa terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bundan biroz avval xalqaro turnirning sablya yoʼnalishida hamyurtimiz Sherzod Mamutov Tokio Olimpiadasiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.


Dastlab guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʼtib olgan Sherzod chorak finalda Singapur, yarim finalda qozogʼistonlik raqibini magʼlubiyatga uchratdi. Olimpiada yoʼllanmasi uchun kechgan hal qiluvchi final bahsida hamyurtimizga Gonkong terma jamoasi vakili Xo Tin Lov raqiblik qildi. Qizgʼin kechgan bahsda Sherzod Mamutov 15:7 hisobida gʼalaba qozondi.

Shu tariqa yosh sablyachimiz Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi. Bu qilichbozlik boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasining Olimpiada oʼyinlariga ikkinchi litsenziyasidir. Bungacha terma jamoamiz aʼzosi Malika Hakimova ham Tokio-2020ga yoʼllanma olgandi.
Eʼtiborga molik yana bir jihat, Sherzod Mamutov Oʼzbekiston qilichbozligi tarixida sablya yoʼnalishida Olimpiadaga yoʼllanma olgan ilk sportchimizga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring