Xorijlik mutaxassislar Sirdaryoda amaliy trening oʻtkazdi
AQSH mutaxassislari Kirk Uoters va Jenifer Shou hamda milliy koordinatorlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida boʻldi.
Oʻzbekistondagi tugʻruq muassasalarida onalar va bolalarni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan “Ishonch – 2030” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ushbu tashrif davomida “Chaqaloqlarga respirator yordam va intensiv davolash, birlamchi reanimatsiya” mavzusida amaliy treninglar tashkil etildi.
Xorijlik mutaxassislar nafaqat nazariy bilimlarini ulashish bilan birga chaqaloqlarga tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻllaniladigan yangi uslublarni koʻrsatib berishdi. Shuningdek, markazning neonatolog shifokorlari bilan tajriba almashilib, real holatlarga oid amaliy mashqlarni ham bajarishdi. Albatta, ushbu amaliy-nazariy mashgʻulot va tajriba almashishlar kelgusida shifokorlarning malakasini oshirish va sogʻlom avlodni dunyoga keltirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Ahmadali SHERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring