Xorijdagi koronavirusga chalingan oʻzbekistonliklar soni ma'lum qilindi

16:04 07 Aprel 2020 Jamiyat
1061 0

arxiv foto

Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov xorijdagi oʻzbekistonliklar orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz berayotgani haqida maʼlum qildi.

“Bizda mavjud maʼlumotlarga koʻra,

  • Avstriya (1),
  • Armaniston (1),
  • AQSH (10),
  • BAA (1),
  • Koreya Respublikasi (1),
  • Pokiston (5),
  • Rossiya (1),
  • Tailand (1),
  • Qozogʻistonda (2)
  • boʻlib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan.

Diplomatik vakolatxonalarimiz ushbu fuqarolarimiz va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda.

Shu oʻrinda, xorijdagi barcha fuqarolarimizdan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha mahalliy hokimiyat talablariga toʻliq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy soʻraymiz”, deydi Xadjimetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер