Xorazmda rahbarlar ishtirokida “Lazgining tugʻilishi” spektakli tomosha qilindi
Mamlakatimiz Prezidenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishida davlat idoralari rahbarlari hamda xodimlarining muntazam ravishda teatrlarga tashrif buyurishi zarurligini taʼkidlagan edi. Shu asosda Xorazm viloyatida har oy davlat xizmatchilarining teatrga borishi tizimli tarzda tashkil etilmoqda.
Konstitutsiya bayrami arafasida, dam olish kuni munosabati bilan, viloyat hokimi Joʻrabek Raximov boshchiligida viloyat, shahar va tumanlardagi tashkilotlar rahbarlari Xorazm viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurib, “Lazgining tugʻilishi” nomli folklor-etnografik spektaklni tomosha qildilar.

— Rahbar maʼnaviyatini shakllantirishda teatrning oʻrni beqiyos, — deydi Yangiariq tumani hokimining oʻrinbosari Ernazar Xudoyberganov. — Har oyning bir kunni ish jadvalimizda “teatr kuni” sifatida belgilab olganmiz. Viloyat teatri jamoasi ijrosida milliy va jahon dramaturgiyasining sara asarlari asosida sahnalashtirilayotgan spektakllar tomoshasi biz uchun maroqli hordiq, bir vaqtning oʻzida maʼnaviy ozuqa boʻlmoqda. Muhimi, bu anʼana farzandlarimiz va nabiralarimizning ham teatr sanʼatiga qiziqishini oshirmoqda.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring