Xorazmda qayta taʼmirlangan Hazorasp vokzali ishga tushirildi
Hazorasp temir yoʻl vokzalining tubdan taʼmirlanib, qayta ishga tushirilishi viloyat aholisi uchun, ayniqsa ushbu vokzaldan doimiy ravishda foydalanadigan Hazorasp, Bogʻot va Tuproqqalʼa tumanlari fuqarolari uchun munosib bayram sovgʻasi boʻldi.

— Keyingi yillarda viloyatimizda uzoq muddatli strategiya asosida temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha juda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, — deydi hazorasplik mehnat faxriysi Yoqubboy Qutlimurodov. — Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganch–Xiva yoʻnalishida yangi temir yoʻl liniyasi va zamonaviy vokzal barpo etildi, “Shovot–Gurlan–Mangʻit” yoʻlining qurilishi olib borildi. Joriy yilda esa “Buxoro–Urganch–Xiva” temir yoʻlini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Kelgusi yil tezyurar poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi bilan Xorazmdan Toshkentga yetib borish vaqti ikki barobar qisqaradi. Barcha ishlar xalqimiz uchun qulaylik yaratish va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Hazorasp temir yoʻl vokzalini rekonstruksiya qilish ishlari uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 18 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi. Vokzal binosi zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlanib, kutish zali, ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi va bir qator qoʻshimcha qulayliklar yaratildi. Yangi vokzal binosi bir vaqtning oʻzida 250 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring