Xorazmda kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga kitob tarqatildi
Архив сурат
“Xalq soʻzi Online”. Odilbek Odamboyev/Xorazm. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan “Bilim – xazina” kitob doʻkoni homiyligida “Taʼtilda kitob oʻqiymiz” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad bahorgi taʼtil kunlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishdan iborat. Aksiya doirasida Navroʻzi ayyom kunlari asosan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga oʻzbek va jahon adabiyotining durdonalari boʻlgan badiiy asarlar, hamda tarixiy mavzulardagi kitoblar bepul tarqatilmoqda. Bu esa pandemiya munosabati bilan eʼlon qilingan karantin davrida oʻsmir yoshlarning qimmatli vaqtlarini bekor oʻtkazmasdan mutolaa madaniyatini, tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring