Xorazmda hududiy nazorat inspektori pora bilan ushlandi

12:22 04 Fevral 2022 Jamiyat
1008 0

Xorazmda viloyatning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, inspektor oʻz vakolatlaridan foydalanib, fuqaroga oʻzining Xonqa tumani, Kirkep qishlogʻida joylashgan binosi yuzasidan obyektni qabul qilishdan bosh tortganiga qaramay, murojaat yuzasidan ijobiy qaror chiqarishni vaʼda qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departament va Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер