Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi
Foto: Bosh prokratura
Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.
Unga koʻra, Tumandagi “X.Sh.” MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga ulanish sxemalarini oʻzgartirish yoʻli bilan tashqari taʼsir koʻrsatgan. Bu orqali u 4 mlrd 786 mln soʻmlik 5 mln 318 ming KW/h elektr energiyasini oʻgʻirlagan.
Holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring