Xorazmda boshqa manzilga yuborilgan jarima bekor qilindi
Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar oʻrganilib, boshqa manzilga yuborilgan jarima bekor qilindi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 23-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Matiz“ rusumli avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik holati boʻyicha ”Vaz-21063” rusumli avtomobil egasiga nisbatan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilganligi aks etgan surat va izoh tarqaldi.
Mazkur xabar oʻrganilib, Xorazm viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimi tomonidan xatolikka yoʻl qoʻyilgani, yaʼni, 2022-yilning 10-yanvar kuni soat 19:22da Xorazm viloyati, Urganch shahar hududidan oʻtuvchi 4P-156 avtomobil yoʻlining 2-kilometrida “Matiz” rusumli, 90D551CA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi 70 km/soat tezlik chegaralangan joyda 77 km/soat tezlikda harakatlanganligi maxsus moslama yordamida qayd etilgan boʻlib, qayd etish vaqtida avtomatik tarzda 90D551CA davlat raqam belgisidagi “D“ harfi ”O” boʻlib, 90O551CA tarzida notoʻgʻri qayd etilganligi, masʼul nazoratchi xodimning eʼtiborsizligi sabab, ushbu jarima “Vaz-21063” rusumli, 90O551CA davlat raqam belgili avtomobil mulkdorining yashash manziliga yuborilganligi maʼlum boʻldi.
Ayni vaqtda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan “Vaz-21063” rusumli, 90O551CA davlat raqam belgili avtomobil mulkdori K.O.ga nisbatan tasdiqlangan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilinib, ”Matiz” rusumli 90D551CA davlat raqam belgili avtomobil mulkdori J.E.ga nisbatan tasdiqlangan. Shuningdek, ushbu xatolikka yoʻl qoʻygan nazoratchi masʼulga nisbatan Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring