Xolid Al-Ananiy UNESCO Bosh direktori etib saylandi
Foto: UNESCO
Bugun, 6-noyabr kuni Samarqandda boʻlib oʻtayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida tashkilotning yangi bosh direktori etib misrlik Xolid Al-Enaniy saylandi. U 174 ovozdan 172 tasini oldi. Yangi rahbar 15-noyabrda lavozimni Odri Azulei (2017-yildan buyon bu vazifani bajarib kelayotgan)dan qabul qilib oladi.
Xolid Axmad Al-Enaniy Ali Ezz — 1971-yilda tugʻilgan misrlik yegiptolog, Heluan universiteti professori. U 30-yildan ortiq vaqt davomida ushbu taʼlim muassasasida dars berib kelmoqda. Al-Enaniy 2016–2022-yillarda Misr Arab Respublikasining Madaniyat va Turizm hamda Qadimiy yodgorliklar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Qohiradagi Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi va Misr muzeyiga rahbarlik qilgan.
Al-Enaniy 2024-yil noyabr oyida Jahon turizm tashkiloti tomonidan Madaniy turizm boʻyicha maxsus elchi etib tayinlangan, shuningdek, Afrika jahon merosi jamgʻarmasi homiysidir. U arab, fransuz va ingliz tillarida erkin soʻzlasha oladi.
Xolid Al-Enaniy UNESCO tarixida 12-bosh direktor boʻldi. U arab davlatlaridan saylangan ilk bosh direktor va Afrika qitʼasidan bu lavozimni egallagan ikkinchi shaxs hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring