Xiva uzra havo sharida sayohat uyushtirildi
Xivada sayyohlar eʼtiborini nafaqat tarixiy yodgorliklar, balki zamonaviy ajoyibotlar orqali jalb qilish maqsadida qiziqarli aksiyalar oʻtkazilmoqda. Aeronavtika federatsiyasining Xorazm viloyati filiali tomonidan tashkil qilingan “Havo sharida sayohat” tadbiri ham shular jumlasidan.
Ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda sayohatchilar ochiq osmon ostidagi muzey shaharni havo shari orqali “qush parvozi” balandligidan turib tomosha qilish imkoniga ega boʻldilar. “Ichanqalʼa” davlat muzeyi qoʻriqxonasini balandlikdan tomosha qilish, shaharning betakror goʻzalligidan bahramand boʻlish va uni fotosuratlarda aks ettirish sayohatchilarga cheksiz zavq-shavq bagʻishlaydi.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring