Xitoyda kuchli dovul yuz berdi. Qurbonlar bor
Xitoyning Szansu provinsiyasida yuz bergan kuchli dovul oqibatida kamida 11 kishi halok boʻlgan va 100 dan ortiq odam tan jarohat olgan. Manbaga koʻra, mamlakat sharqida joylashgan Nantong shahrida doʻl yogʻib, kuchli dovul sodir boʻlgan.
Shahar maʼmurlari bu yerda shamolning tezligi 45 m/s.gacha yetganini maʼlum qildi. Kuchli dovul oqibatida daraxtlar yiqilgan, elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetgan, ayrim binolar va shaxsiy avtomobillar shikastlangan.
Rasmiylarga koʻra, tabiiy ofat hududida boʻlgan uch mingga yaqin odam shoshilinch ravishda evakuatsiya qilingan, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilgan. Boʻron oqibatlarini bartaraf etishga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring