Xitoy Tayvan atrofida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlarni boshladi

12:32 01 Aprel 2025 Dunyo
220 0

Foto: Reuters

Xitoy Tayvan atrofidagi suvlarda orol hukumatini “jiddiy ogohlantirish” maqsadida yirik harbiy mashqlar oʻtkazishini eʼlon qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar tarqatdi.

“1-apreldan boshlab Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasining Sharqiy Teatr Qoʻmondonligi armiya, dengiz floti, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa kuchlarni orol atrofidagi turli yoʻnalishlardan Tayvanga yaqinlashish uchun yoʻnaltirdi... Bu separatist kuchlar uchun jiddiy ogohlantirish va milliy suverenitetni himoya qilish uchun qonuniy va zaruriy choradir”, — deyiladi qoʻmondonlik bayonotida.

Taʼkidlanishicha, mashgʻulotlar dengiz va quruqlikdagi nishonlarga hujum qilish, shuningdek, qoʻshma harbiy amaliyotlar imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun asosiy hududlar va dengiz yoʻllarini toʻsishga qaratilgan.

Shu yilning 8-mart kuni Tayvan qurolli kuchlari Xitoydan sakkizta havo shari yaqinlashayotganini aniqladi. Bundan tashqari, mudofaa vazirligi ikkita uchuvchisiz samolyot va oltita kemani payqagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?