XDP prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisova nomzodini ilgari surdi
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 7-avgust kungi navbatdan tashqari plenumida 2021-yilgi Prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida koʻrsatish masalasi muhokama qilindi.
Plenum davomida Maqsuda Vorisova nomzodi partiya qurultoyida nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. Soʻzga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan maʼqulladi.
M.Vorisova 1961-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1984-yili Toshkent meditsina institutini tugatgan. Koʻp yillar davomida sogʻliqni saqlash tizimida, shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Senat aʼzosi, Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring