Xalqaro kulolchilik forumiga hozirlik koʻrilmoqda
Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Rishton tumanida ikkinchi Xalqaro kulolchilik forumi boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda ushbu nufuzli anjumanga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Shu maqsadda tuman miqyosida keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilib, kulolchilik markazlari, tarixiy-madaniy inshootlar zamonaviy qiyofaga ega boʻlayotir. Yangi turizm marshrutlari ishlab chiqish, savdo-xizmat koʻrsatish tarmoqlari faoliyatini kengaytirish, tajribali kulollar ishtirokida mahorat darslari tashkil etish, uy-mehmonxonalari ochish kabi vazifalar ijrosiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
— Dunyoning oʻnlab davlatlari, qolaversa, mamlakatimizning barcha hududlaridan kulollar, sayyohlar tashrif buyurishi kutilayotgan anjumanga tayyorgarlik ishlari jarayonida forum oʻtkaziladigan hududlarni kompleks ravishda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov. — Bu borada mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash hamda mehmonlarni munosib kutib olishga doir chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Rishton tumanida oʻtkaziladigan II Xalqaro kulolchilik forumida barcha ishlar yuqori saviyada tashkil etilishi uchun masʼullarga aniq vazifalar va bajarilish muddatlari belgilab berilgan.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring