Aprelda mamlakatimizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi

2025-yil aprel oyida mamlakatimizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Aytish kerakki, ushbu nufuzli san’at anjumani 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkil etib kelinmoqda. 2018-yilning noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur festivalni an’anaviy tarzda o‘tkazish taklifini bildirgandi.
Festivaldan ko‘zda tutilgan maqsad Sharq xalqlari folklor san’atining yetakchi janrlaridan biri bo‘lgan baxshichilikni keng targ‘ib qilish, xalq og‘zaki ijodi an’analari va qadriyatlarini rivojlantirish hamda chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, baxshichilik va dostonchilik tarixi, folklor asarlarini to‘plash, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining Sharq madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirishdan iborat.
Qayd etish lozim, 2021-yilda YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi doirasida Baxshichilik san’ati O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Zebo JUMAYEVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring