Xalq diplomatiyasining yosh avlod uchun imkoniyatlar va istiqbollar

09:57 16 Oktyabr 2025 Siyosat
150 0

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi A.Agzamxodjayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Xalq diplomatiyasi amalda: yosh avlod uchun imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Anjumanda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning yangi yoʻnalishlari va amaliy vositalarini muhokama qilish, taʼlim, innovatsiyalar, yashil ekologik va ijtimoiy loyihalar, raqamli kommunikatsiyalar, shuningdek, xalqaro muloqotdagi yoshlarning oʻrnini kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi

Senator oʻz chiqishida parlament diplomatiyasi va xalq diplomatiyasida yoshlarning oʻrni muhimligiga, davlatlar oʻrtasida doʻstlik hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani ilgari surishda yoshlar katta kuch ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?