Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati xodimlaridan iborat delegatsiya o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif viloyatlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash, mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish va doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Delegatsiya a’zolari xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga hududda amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan yangi ish uslublari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, delegatsiya xalq deputatlari Xorazm viloyati, Urganch va Xiva shahar Kengashlari faoliyati, deputatlar tashabbuslari hamda kotibiyatlar ish uslublari bilan ham tanishdi.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan muntazam muloqotini yo‘lga qo‘yish, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik, sessiyalar va nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, jizzaxlik deputatlar Gurlan tumanidagi “Gurlan Global Tex” MCHJ, Xiva shahridagi “Xiva gilam kombinati” MCHJ faoliyati, shuningdek, Urganch shahrida axborot-tahlil markazi va “Ishga marhamat” mono-markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Tashrif so‘ngida mehmonlar Pahlavon Mahmud va Yusuf Hamadoniy qabrlarini ziyorat qilishdi. Ayniqsa, “Arda Xiva” turizm maskani delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring