Keng imkoniyat - sifatli tibbiy xizmat omili
Foto: “Xalq so‘zi”
Buxoro viloyati Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasida yaqinda o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarga gemodializ xizmati ko‘rsatish bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Ayni paytda umumiy loyiha qiymati 3, 3 milliard so‘m bo‘lgan diagnostika markazi binosini qurish ishlari ham boshlab yuborildi.
Yana bir muhim jihati, shifoxonada davolanayotgan bemorlarning yaqinlari haqida ham qayg‘urilmoqda. Shu vaqtga qadar xasta farzandi, ota – onasi yoki yor – birodarini ko‘rgani kelganlar diydorlashgani joy yo‘qligidan aziyat chekishardi. Yaqinda shu masala ham kun tartibidan tushdi. Birlashma hududida 100 o‘rinli kutish zali qurilib foydalanishga topshirildi.O‘ziga xos dizaynga ega binoda bemorlarning yaqinlari uchun zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Bu yerda ular shaxmat – shashka o‘ynashlari, kitob, gazeta – jurnal mutolaa qilishlari, sog‘lom turmush tarziga rioya etishga oid tarqatma materiallar bilan tanishishlari, muhimi, shifoxonada davolanayotgan yaqin insoni bilan emin-erkin muloqotda bo‘lishi mumkin.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring