Kelasi yilda 150 ta mahallaga infratuzilma uchun 3-5 mlrd soʻmdan beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari kelgusi yil uchun belgilab bergan vazifalarning ikkinchi yoʻnalishi – servis loyihalarini koʻpaytirib, aholi bandligini taʼminlash.
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda eng yuqori oʻsish surʼatini taʼminlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani taʼkidlandi.
Lekin viloyat, tuman hokimlari xizmatlar sohasiga katta surʼat berayotgan turizmni rivojlantirish orqali ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadini koʻpaytirish imkoniyatlarini toʻliq ishga solmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilansa, xizmatlar hajmini 10 trillion soʻmga yetkazish, 45 ming nafar odamni savdo va servisda band qilish mumkin.
Shu bois, kelasi yilda 150 ta mahallaning har biriga infratuzilma uchun 3-5 milliard soʻmdan beriladi.
Viloyat, tuman hokimlari, Turizm qoʻmitasiga yil yakunigacha barcha mahallalar uchun master reja qilish, yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga eʼlon qilib, qurilish ishlarini boshlash topshirildi.
Tuman banklari bu joylarda mehmon uylari barpo etish uchun 150 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratishni yoʻlga qoʻyadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring