Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp raisligida oʻtgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozogʻiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boshqa davlatlar rahbarlari, bosh vazirlari va tashqi ishlar vazirlari ham qatnashdi.
Tinchlik kengashining tashkil etilishi Oʻzbekiston tashqi siyosatining tinchlikni taʼminlash borasidagi tashabbuslari va koʻp qirrali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Gʻazo sektoridagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida shakllantirilmoqda.
Tinchlik kengashi mojaroning keskinlashuv xavfini kamaytirish, Gʻazo sektorida iqtisodiy va ijtimoiy tiklanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu farovon iqtisodiyot va tinch-osoyishta hayotga ega Yangi Gʻazoni barpo etish, istiqbolda Falastin davlatini tuzish imkoniyatini vujudga keltirmoqda.
Kengash tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va taʼsirga ega yetakchilar oʻrin oldi.
Kengash Nizomini imzolab, Oʻzbekiston uni taʼsis etgan davlatlardan biriga aylandi. Bu mamlakatimizning kengash faoliyatida izchil ishtirok etishga hamda barcha taʼsischi davlatlar va xalqaro sheriklar bilan yaqin hamkorlikda uning vakolatlarini hayotga tatbiq etishda amaliy hissa qoʻshishga tayyorligini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring