Kasaba uyushmalari kuni kerak...mi?

18:52 10 Noyabr 2020 Siyosat
1908 0

2020-yil 10-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Mamlakatimizda qator soha xodimlari bayramlari, jumladan, xalq taʼlimi, togʻ-metallurgiya sanoati, prokuratura, davlat bojxona organlari, qishloq xoʻjaligi, qurilish, geologiya, shuningdek, matbuot va ommaviy axborot vositalari, tibbiyot xodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida bir qator qonunlar qabul qilingan. Yangi qonun loyihasi ezgu maqsadga qaratilgan boʻlib, u bilan 11-noyabr kunini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni, deb belgilash taklif qilinmoqda.

Eʼtirof etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,8 ming boshlangʻich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud. Kasaba uyushmalariga aʼzolarning soni 5,5 millionda ortiq boʻlib, ulardan 2,4 milliondan ziyodi ayollar va 1,8 millionga yaqini yoshlar hisoblanadi.

Federatsiya tomonidan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati taʼsirchanligini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunonchi, 2016 — 2020-yillarda turli boʻgʻindagi kasaba uyushmalari tashkilotlariga kelib tushgan 35 mingdan ortiq murojaat koʻrib chiqilgan. Natijada ish beruvchilarga 2 ming 295 ta taqdimnoma va sudga 765 ta daʼvo arizasi kiritilgan, 13 ming 471 nafar xodimning mehnat huquqi tiklangan.

Deputatlar mazkur hujjatning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini, eng avvalo, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yana-da samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, tashkilot fidoyi xodimlarini ragʻbatlantirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер