Kasaba uyushmalari fidoyilari taqdirlandi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Poytaxtimizdagi “Chinabad Plaza” sanatoriysida 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriylarini, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti hamda “Ehtirom” nishoni sovrindorlarini, shuningdek, “Kasaba ishonchi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov bir guruh faxriylarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Faxriy Yorligʻi, qimmatbaho sovgʻa, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni hamda Kasaba uyushmalari tarixi kitobini topshirdi.
Taqdirlanganlar orasida Dilbar Jahongirova, Mavjuda Xalilova, Shavkat Adilov, Ozoda Muhitdinova kabi bir guruh fidoyilar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring