Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Foto: Sport vazirligi
Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida oʻtkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdi, deb xabar bermoqda Sport vazirligi.
Unga koʻra, ayollar oʻrtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli oʻzbekistonlik atlet Karomat Omonova 13.07 metr natija qayd etib, barcha raqiblaridan ustun kelgan. Bundan tashqari u Osiyo rekordini ham yangilagan.
Ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish dasturi (F46):
• oltin medal — Karomat Omonova (Oʻzbekiston) — 13.07 (Osiyo rekordi);
• kumush medal — Xolli Robinson (Yangi Zelandiya) — 12.86 (Okeaniya rekordi);
• bronza medal — Keti Pegg (Kanada) — 12.76.
Shuningdek, kun davomida Erkaklar oʻrtasida F32 toifasida yadro uloqtirish bahslari finalida qatnashgan Jasur Xoʻjayev Oʻzbekiston terma jamoasiga yana bir oltin medalni keltirdi.

Xoʻjayev oʻz urinishlari davomida 9.96 m masofani boʻysundirib, mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etib, barcha raqiblarini dogʻda qoldirdi va Jahon chempioni aylandi.
Erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish dasturi (F32):
• oltin medal — Jasur Xoʻjayev (Oʻzbekiston) — 9.96
• kumush medal — Atanasios Konstantinidis (Gretsiya) — 9.65
• bronza medal — Mohamed Najib (Jazoir) — 9.56
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi umumiy medallar soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza.
Bellashuvlar davom etmoqda. Xususan, bugun chiqish qilgan oʻzbekistonlik sportchilardan Yorqinbek Odilov va Ilhom Turgʻunov F57 toifasida disk uloqtirish dasturi finaliga yoʻl olgan boʻlsa, Faxriddin Xamrayev T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvlarining hal qiluvchi bosqich chiptasiga ega chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring