Karantinda limon foydali(mi)?
Koʻpgina davlatlarda koronavirus sabab sarimsoq, zanjabil va hattoki limonga boʻlgan talab kundan-kun ortib bormoqda. Kuni kecha qoʻshni mamlakat hisoblanuvchi Tojikistonning dehqon bozorlarida sarimsoqning 1 kg 11dollardan, limon esa 3 dollardan sotilayotgani haqidagi xabarlarga koʻzim tushdi. Bir necha oy avval oʻzimizda ham sarimsoq 1 kg. goʻshtning bahosida sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bugun esa pandemiya sabab limonga boʻlgan talab ham yuqori.
Haqiqatdan ham azaldan limon va sarimsoq immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar sirasiga kiradi. Shu sababdan ularga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi narx-navoning ham oʻsib ketishiga imkon yaratgan boʻlsa ajabmas. Toshkent shahri, umuman yurtimizning markaziy dehqon bozorlarida oxirgi kunlarda limonga boʻlgan talabning yuqoriligidan 1 kg. limon 50 ming soʻmgacha sotilmoqda.
Grippga qarshi ishlab chiqarilayotgan koʻpgina dori vositalarining tarkibi limon bilan toʻyintirilganini yaxshi bilamiz. Shifokorlar ham koʻpincha gripp yoki oddiy shamollashda limon isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi. Ammo JSST va koʻpchilik xorij shifokorlarining fikricha, limon koronavirusni davolamaydi. Shunchaki immunitetni mustahkamlaydi, xolos! Shunday ekan, pandemiya davrida virus yuqtirib olmasligingizning yagona yoʻli bu — UYDA QOLISH! Oʻzingizni asrang! Belgilangan qoidalarga rioya qilish esa yodingizdan chiqmasin, aziz yurtdoshim!
Nilufar MURODOVA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring