Karantin davrida elektr energiyasi uzluksiz yetkaziladi. Qarzdorlar tarmoqdan uzib qoʻyilmaydi
 
                Maʼlumki, mamlakatimizda koronavirus tarqalishini hamda uni yuqtirib oluvchilar sonining koʻpayib ketmasligini oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida hukumatimiz tomonidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, yaʼni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor isteʼmolchilar (jismoniy) elektr energiyasidan vaqtincha uzilmaydi. Bunday saʼy-harakatlar, albatta, isteʼmolchilarimizni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgandir.
Shuningdek, isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha toʻlov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, oʻz navbatida, fuqarolarimizdan karantin davri tugashi bilan toʻplanib qolgan qarzdorlikni bartaraf etishni soʻrab qoladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring